Xanchjouda Osiyo o‘yinlarining kechgi dasturida sport gimnastikasida sportchimiz Oksana Chusovitina saralash bosqichida ishtirok etdi.
Oksana tayanib sakrash bahslaridagi saralashda ikki bor chiqish qildi va 12.949 ochko jamg‘ardi. U bu orqali final bosqichiga chiqdi.
Shuningdek, Hasanboy Do‘smatov -51 kg vazn toifasida Sex Yeong Joni (Janubiy Koreya) ikkinchi raundda nokautga uchratdi va navbatdagi bosqichga yo‘l oldi.
Futbol bo‘yicha ayollar terma jamoamiz “A” guruhining ilk turida Mo‘g‘uliston termasini 6:0 hisobida yengdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA