BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish insoniyatni iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda oldinga siljiy olmayotganlikda aybladi, deb yozgan “ABC News” nashri. – Bu yerda bizning diqqat-e’tiborimiz iqlim muammosini bartaraf etishga qaratilgan, – dedi u.

– Bu vazifani ortga surib bo‘lmaydi. Insoniyat jahannam eshigini ochgan. Odamlar beqaror va xavfli dunyoga yaqin kelib qolgan.

Hozir qudratli davlatlar o‘rtasida Ikkinchi jahon urushidan buyon kuzatilmagan darajada kuchli tarqoqlik hukm surmoqda. Hatto, sovuq urush davrida ham global muammolarni hal qilish hozirgidan ko‘ra osonroq edi. Avvalroq Guterrish Ukraina nizosini yaqin orada to‘xtatish imkoni yo‘qligini ta’kidlagandi.