AQSH Prezidenti Jo Bayden Markaziy Osiyoning besh respublikasi yetakchilariga xavfsizlik sohasi, xususan, terrorizmga qarshi kurashda hamkorlikni davom ettirishga va’da berdi. Bu haqda Oq uy Qo‘shma Shtatlar va Markaziy Osiyo rahbarlari yig‘ilishidan keyin tarqatgan bayonotda aytiladi.

– Prezident Bayden o‘z hamkasblariga mintaqaviy xavfsizlik tahdidiga qarshi kurash uchun minnatdorlik bildirdi hamda chegara nazorati, terrorizm bilan kurash va huquq idoralari o‘rtasida hamkorlikni davom ettirishni zimmasiga olishini ta’kidladi, – deyiladi hujjatda. – Yetakchilar mintaqada xavfsizlik, savdo va investitsiya, barcha davlatlar suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qilish zarurligini qayd etgani, davlat boshqaruvini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlarni ma’qullagani.

Tomonlar, shuningdek, diplomatik hamjihatlikka qo‘shimcha ravishda AQSH bilan savdoni kengaytirish, Amerika xususiy sektori “biznes-platforma”si hisobiga investitsiya hajmini oshirish yo‘llarini ko‘rib chiqishgan.

Shu munosabat bilan AQSH Davlat departamenti tizimiga kiruvchi Xalqaro tarqqiyot agentligi oktyabr oyida Markaziy Osiyo respublikalari vazirlari darajasida mintaqaning inklyuziv iqtisodiy barqarorligi va rivojlanishiga qartilgan “aniq harakatlar”ni muhokama qiladi, deya ma’lum qildi.

Bayden uchrashuvda Markaziy Osiyoda fuqarolik jamiyatlarini qo‘llab-quvvatlashi, ayollar va nogironlar huquqini himoya qilish davom ettirilishi to‘g‘risida ham gapirib o‘tgan.