Sizga ma’lumki, kredit – modul tizimi O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarida ham joriy etilgan.

Shunday bo‘lishiga qaramasdan  tizim to‘liqligicha o‘zlashtirilmaganligi, fanlarni tanlash imkoniyati yo‘qligi haqida talabalar o‘rtasida turli bahslar bor. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov  bu haqida o‘z fikrini bildirdi.

– Oliy ta’limda qamrovni oshirdik, endi sifatni ham oshirishimiz kerak. Jahon standartida sifatni ta’limlash usuli bu kredit – modul. Endi bosqichma – bosqich barcha kurslarga joriy etilyabdi. Bu aslida talaba uchun bir imkoniyat, fanlar qisqartirilayabdi mustaqil tayyorlanish uchun. Institutga kirgandan keyin o‘qish kerak.

To‘liq videoni O‘zAning YouTube kanalida ko‘rishingiz mumkin.

Sardorbek Poyonov,

Abror Sodiqov (video), O‘zA