Xelsinki rossiyalik biznesmenlar, abituriyentlar va ko‘chmas mulk egalari uchun mamlakatga kirish tartibini murakkablashtirdi, deb xabar tarqatdi Fin davlati tashqi ishlar vazirligi.
“Biznesmenlar, ko‘chmas mulk egalari va talabalar uchun chegaradan o‘tish bo‘yicha cheklov kuchaytiriladi, yangi tartib 2023 yil 10 iyuldan kuchga kiradi va noma’lum muddatgacha amal qiladi”, – deya aniqlik kiritdi masalaga mamlakat tashqi siyosat idorasi mas’ullari.
Xabarda aytilishicha, chegaradan o‘tayotgan biznes-sayyohlarning boshqa mamlakatga tranzit amalga oshirishi mumkin emas. Qo‘shimcha qilinishicha, Finlyandiyaga kelgan rossiyalik tashrif zaruratini tushintirib berishi shart.
Mulk egalariga ham xuddi shunday talab qo‘yiladi. Talabalarning ta’lim dasturida ishtirok etishi qoidasiga ham muayyan o‘zgarish kiritilgan.