Transport bo‘yicha konferensiyaning ikkinchi qismi “O‘zaro bog‘liqlikni barcha transport sohalarda rivojlantirish: dolzarb takliflar va yechimlar” masalasi muhokamasiga bag‘ishlandi.

Yig‘ilishda xorijiy ekspertlar o‘zaro bog‘liqlikni barcha transport sohalarda rivojlantirish, yangi transport koridorlarini tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida fikr bildirdi:

Qirg‘iz Respublikasi transport va kommunikatsiyalar vaziri Tilek Tekebayev:

Министр transportа и коммуникаций Кыргызской Республики Tekebayev Tilek Кыдырмаевич | Министерство transportа и коммуникаций Кыргызской Республики

Transport-infratuzilmaviy kommunikatsiyalarni takomillashtirish va Markaziy Osiyoga xalqaro tranzit yuk tashuvchilarini jalb etish mintaqa davlatlarini birlashtiruvchi eng muhim yo‘nalishlardan biridir. Shu ma’noda “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘li qurilishi loyihasining amalga oshirilishi Markaziy Osiyoni butun bir logistika xabiga, ya’ni jahonning muhim  bozoriga aylantirishga hissa qo‘shishi bilan ahamiyatli.

Latviya Respublikasi transport vazirligi Davlat kotibi o‘rinbosari Uldis Reymanis:

Uldis РЕЙМАНИС, заместитель министра transportа Латвии - гость студии ТРАНСПОРТ и ЛОГИСТИКА 2018 - YouTube

Yevropa va Osiyo o‘rtasida xalqaro savdoni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sish va farovonlikni ta’minlashda transport va logistikaning roli muhim.

“Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida intermodal va multimodal transchegaraviy va tranzit transport xizmatlari ko‘rsatishni rivojlantirish, shuningdek,  Boltiq dengizi multimodal koridori orqali Yevropa Ittifoqidan Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun yetkazib berish zanjiri salohiyatini mustahkamlash va kengaytirish dolzarb vazifa. Aynan, transport sohasidagi o‘zaro hamkorligimiz ushbu vazifani uddalashga xizmat qilmoqda.

 

Behruz Xudoyberdiyev,

O‘zA