Tegishli qonunchilikka muvofiq, yangi o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining boshlang‘ich sinflarida informatika fani, xususan, 1-sinfdan “Informatika va axborot texnologiyalari” fani o‘qitilishi belgilangan.

Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, bugungi kunda maktablarni kompyuter jihozlari bilan to‘liq ta’minlash bo‘yicha xatlov ishlari boshlandi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ul xodimlari tomonidan olib borilayotgan o‘rganishlar davomida kompyuter sinfxonalarining moddiy-texnik bazasi ko‘zdan kechiriladi. Yakuniy xulosalar asosida tegishli maktablar zamonaviy kompyuter jihozlari bilan to‘liq ta’minlanadi.

Hozirda Toshkent shahrida joylashgan mavjud 335 ta maktabda mazkur yo‘nalishga doir keng xatlov olib borilmoqda.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA