Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumani bo‘limi tomonidan IIV xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda fuqaro B.A. fuqaro Z.B.ni Qoraqalpog‘iston Respublikasi bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga ishga joylashtirish evaziga 1 ming 400 AQSH dollari va 4,6 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Dovud ABIBULLAEV,  

O‘zA muxbiri