Amerika Qo‘shma Shtatlari Birlashgan Millatlar Tashkilotining ixtisoslashgan muassasasi – YUNESKOga qayta a’zo bo‘lish rejasini ma’lum qildi, deya xabar tarqatdi “Axios” portali.

– AQSH o‘tgan hafta BMTning ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (YUNESKO)ni bir necha yillik tanaffusdan keyin yana tuzilma tarkibiga qo‘shilishi mumkinligidan xabardor qildi, – degan davlat departamenti vakili. – Bundan olti yil avval AQSH Prezidenti Donald Tramp mamlakati tashkilotdan chiqishini e’lon qilgan edi.

Mulozim aytishicha, 8 iyun kuni Davlat kotibining boshqaruv va zaxira masalasi bo‘yicha o‘rinbosari Richard Verma YUNESKO bosh direktori Odri Azulega tashkilotga qayta a’zo bo‘lish rejalashtirilayotgani to‘g‘risida maktub jo‘natgan.

“Davlat departamenti bilan YUNESKO o‘rtasida olib borilgan uzoq muddatli muzokara samarasi bo‘lmish ushbu qaror AQSHning tashkilot oldidagi qarzini qaytarish jadvalini hamda ijro kengashiga qayta qabul qilish bo‘yicha so‘rovini tasdiqlaydi”, – deya qo‘shimcha qilgan vakil.