2017-yil may oyida o‘zbek va turkman xalqlari boqiy do‘stligi hamda qardoshligining yorqin namunasi sifatida Toshkent shahrida Maxtumquli nomidagi ko‘cha va unga bag‘ishlangan me’moriy yodgorlik ochilgan edi.
Davlat rahbarlari mashhur turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli yodgorligi poyiga gul qo‘ydilar.
Shavkat Mirziyoyev monumentning mazmun-mohiyati, bu yerda amalga oshirilgan ishlar haqida so‘zlab berdi.
Atrofi obod so‘lim xiyobon Gurbanguli Berdimuhamedovga katta taassurot qoldirdi. Turkman xalqi, adabiyoti va madaniyatiga ko‘rsatgan hurmati uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdi.
Alovuddin G‘afforov, O‘zA