Sudyalar oliy kengashining qarori bilan:

Ahmedjonova Shoiraxon Alijonovna – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Namangan viloyati Namangan tumanlararo ma’muriy sudining sudyasi lavozimiga;

Po‘latova Dildora To‘rayevna – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Xorazm viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Urganch shahar sudining sudyasi lavozimiga;

Dadajonova Dilfuza Burhonitdinovna – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;

Abdurahmonov O‘tkirbek Abduxalilovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Yangiyo‘l tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;

Dadaboyeva Nilufar Farhodovna – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tumani sudining sudyasi lavozimiga;

Xudoyberdiyeva Habiba Valiyevna – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;

Akimniyazov Purxanatdiyn Tolbayevich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan besh yil muddatga Nukus harbiy sudining raisi lavozimiga tayinlandi.

***

Tojiyeva Nozimaxon Muydinjonovna – sudyalik vakolati muddati davriga Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanlararo ma’muriy sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Namangan viloyati Namangan tumanlararo ma’muriy sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi.

Kushatov Sanjar To‘ychiyevich – sudyalik vakolati muddati davriga Navoiy viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Karmana tumani sudining sudyasi lavozimiga;

Saidov Maqsudbek Norboyevich – sudyalik vakolati muddati davriga Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga;

Zulfuqorov Murodbek Ismoilovich – sudyalik vakolati muddati davriga Jizzax viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga tayinlandi.

***

Oliy Majlis Senati qarori bilan Hamrayev Alisher Shonazarovich va Ziganshina Go‘zal Ravilevna besh yil muddatga o‘z faoliyatini doimiy asosda amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi a’zolari – Sudyalar oliy kengashi sudyalari etib saylandi.

***

Senat qarori bilan Oliy sud tarkibiga o‘zgartirishlar kiritildi:

Nurali Jovliyev, Nodirjon Hojimatov, Sharofiddin Boliyev, Durdonaxon Abduqahhorova, Abatbay Ayapov, Elbekjon Turg‘unboyev, Lutfulla Mamarajabov, Zoir Rustamov, Feruz Rajabov o‘n yillik muddatga Oliy sud sudyasi lavozimiga saylandilar.

 

O‘zA