Mutaxassislar “Messier-4” (M4) eng yaqin yulduz klasterini o‘rganishdi va bu noma’lum kosmik ob’ektning massasi quyoshdan 800 karra og‘irligini aniqladi. Ko‘rinmas jismni astronomlar “alohida qora tuynuk” deya gumon qilishmoqda. Bu haqda “Rambler.ru”xabar bermoqda.
“M4” yerga eng yaqin sharsimon klaster bo‘lib, 6160 yorug‘lik yiliga teng masofada joylashgan. 1746 yildan, ya’ni kashf etilganidan beri astrofiziklar jism markazida nima yashiringaniga hayron. Tadqiqotchilar amaldagi nazariy taxminga asoslanib, bu ulkan qora tuynuk uchun ideal joy, deb hisoblashadi. “Hubble” teleskopi orqali olib borilgan yangi izlanish “olovni battar alangalatdi”. Tortishish markazi atrofida aylanadigan yulduzlar harakatini kuzatgan olimlar fikricha, mazkur fazoviy jism somon yo‘lining 800 quyoshicha – galaktikamiz birlashgandek kuchga ega.
N.Safarmatova