O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Cho‘lponota shahriga keldi.

Aeroportda davlatimiz rahbarini Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi – Prezident Administratsiyasi rahbari Aqilbek Japarov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Bugun Cho‘lponotada ikkinchi “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” sammiti bo‘lib o‘tadi. Uning kun tartibidan mintaqamiz mamlakatlarining Yevroittifoq bilan konstruktiv muloqotini yanada rivojlantirish va amaliy hamkorligini kengaytirish masalalari o‘rin olgan.