Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Navoiy viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.
Qayd etilganidek, davlatimiz rahbari avvalo 27 oktyabrda mamlakatimizda bo‘lib o‘tgan parlament saylovi borasidagi fikrlarini aytdi.
–Mamlakatimiz demokratik taraqqiyotning yangi davriga, sifat jihatidan yangi bosqichiga qadam qo‘ymoqda. Biz barcha bo‘g‘indagi deputatlarimiz timsolida zimmasidagi mas’uliyatni chuqur anglaydigan, Yangi O‘zbekistonni barpo etish, xalqimizning erkin va farovon hayotini ta’minlash yo‘lida o‘zini ayamasdan tinimsiz harakat qiladigan, bor bilim va tajribasini Vatan ravnaqi uchun safarbar etadigan fidoyi insonlarni tasavvur qilamiz.
Partiyalar va deputatlikka nomzodlarning saylovoldi dasturlarida fuqarolarimiz orzu-intilishlari, dardu tashvishlari, mavjud muammolarni hal etish yo‘llari o‘z ifodasini topganini alohida ta’kidlash lozim.
Xalqimiz sizlarning yangi g‘oya va tashabbusingizga katta umid va ishonch bilan qaramoqda. El-yurtimiz yangi parlament va mahalliy kengashlar a’zolaridan ko‘p narsani kutmoqda,– dedi Prezident.
Davlatimiz rahbari ana shunday sharafli va ezgu vazifalarni ado etishda xalq vakillariga kuch-g‘ayrat, yutuq va omad yor bo‘lishini tiladi.
O‘zA