Birlashgan Arab Amirliklari “WAM” axborot agentligi “Tadweer O‘zbekiston bilan shartnoma imzoladi” sarlavhali maqola e’lon qildi.
Maqolada “Tadweer Group” kompaniyasi ko‘magida Buxoro va Navoiy viloyatlarida innovatsion zavod qurilishi bo‘yicha kelishuv imzolangani, korxonalarda kuniga 1 500 tonna chiqindi qayta ishlanishi, yiliga 363 million kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvati yaratilishi ta’kidlangan.
Shartnomani imzolash marosimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va boshqa yuqori lavozimli amaldorlar hamda “Tadweer Group” boshqaruvchi direktori Ali Al-Zohiriy boshchiligidagi delegatsiya ishtirokida bo‘lib o‘tgani qayd etilgan.
– Biz chiqindi muammo emas, balki barqaror rivojlanishga yordam beradigan qimmatli manbaligiga ishonamiz, – dedi Ali Al-Zohiriy. – Bu umumiy ishimiz asosi, guruhimiz poydevoridir.
Muharrama Pirmatova, O‘zA