TDTning navbatdagi sammiti 6 noyabr kuni Bishkekda “Turk dunyosini mustahkamlash: iqtisodiy integratsiya, barqaror rivojlanish, raqamli kelajak va umumiy xavfsizlik” mavzusida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Qirg‘iz Respublikasi Prezident ma’muriyati tashqi siyosat bo‘limi mudiri Muratbek Azimboqiyev ma’lum qildi.
Forumda TDTga a’zo mamlakatlar yetakchilari xavfsizlik va iqtisodiyot masalalarini muhokama qiladi va tashkilotning joriy kun tartibidagi dolzarb muammolari bo‘yicha qarorlar qabul qiladi, shuningdek, bir qator hujjatlarni, jumladan, yakuniy deklaratsiyani imzolaydilar.
Ma’lumot o‘rnida: 2025 yilda Turkiy davlatlar tashkilotiga raislik Qirg‘iz Respublikasiga o‘tadi.
O‘lkaning TDTga bo‘lajak raisligi davrida ishtirokchi davlatlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, iqtisodiy o‘sish uchun yangi imkoniyatlar yaratish va mintaqada turmush darajasini oshirishga qaratilgan qator tadbirlar rejalashtirilgan.
Sammitda tashkilotga a’zo 5 ta davlat – Turkiya, Ozarbayjon, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston rahbarlari hamda kuzatuvchi davlatlar yetakchilari ishtirok etadi.
O‘.Alimov, O‘zA