28-chaqiriq Turkiya Buyuk Millat Majlisi (parlamenti)ga 14 may kuni bo‘lib o‘tgan saylovlarning yakuniy natijalari hukumatning nashri – “Resmi Gazeteda” e’lon qilindi.

Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, parlament saylovida mamlakatda, xorijda va chegara postlarida ro‘yxatga olingan 64 million 145 ming 504 nafar saylovchidan salkam 56 millioni ovoz berishda ishtirok etdi. Bu saylovchilarning 87,5 foiziga teng.

1 million 393 ming 307 byulleten haqiqiy emas, deb topildi.

Saylovlar natijasida hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi parlamentda 268 mandatga ega bo‘ldi.

Qolgan deputatlik o‘rinlari quyidagicha taqsimlandi: “Yangi farovonlik” – 5, “Millatchi harakat” – 50, “Yashillar” – 61, “Ishchilar” – 5, “Yaxshi” – 43 va Respublika xalq partiyasi 169.

 

O‘zA