Latviya Seymi (parlamenti) chorshanba kuni amaldagi tashqi ishlar vaziri Edgars Rinkevichsni mamlakat Prezidenti etib sayladi.
– 31 may kuni Seym Edgars Rinkevichsni prezident etib sayladi, – deyiladi parlament matbuot xizmati xabarida. – Parlamentdagi saylovning uchinchi bosqichida 52 deputat Rinkevichs nomzodini qo‘llab-quvvatladi, 35 deputat unga qarshi chiqdi.
– Latviya Respublikasi Prezidentligiga saylanganim men uchun katta sharaf, endi xalqimga sidqidildan xizmat qilish uchun bor kuch-g‘ayratimni ishga solaman, – deb yozdi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yangi davlat rahbari. – Parlament a’zolariga bildirilgan ishonch uchun minnatdorlik bildiraman.
Latviya Prezidenti Seymning mutlaq ko‘pchilik ovozi – 100 dan kamida 51 ovoz bilan to‘rt yil muddatga saylanadi.
49 yoshli Rinkevichs 2011 yildan buyon TIVni boshqarib kelayotgan edi.
O‘zA