Toshkentdagi Haydar Aliyev nomli Ozarbayjon Madaniyat markazi tashabbusi va buyurtmasiga binoan, “O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan “Ozarbayjon xalqining Umummilliy Lideri Haydar Aliyevning 100 yilligi” nomli pochta markasi muomalaga chop etildi.
Yetakchi portreti tushirilgan marka Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti tomonidan 2023 yil “Haydar Aliyev yili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan tayyorlandi.
Ushbu marka har ikki mamlakatning muzeylariga, davlat va hukumat vakillariga yuboriladi, O‘zbekiston nomidan ichki va xalqaro muomalaga chiqariladi.
Madaniyat markazidan ma’lum qilishlaricha, yurtimizda Haydar Aliyevning 100 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar qizg‘in davom etmoqda, Umummilliy yetakchining boy merosini targ‘ib qilish bo‘yicha qator loyihalar amalga oshirilmoqda.
G‘.Xonnazarov, O‘zA