Edinburgda haydovchisiz boshqariladigan avtobuslar shahar yo‘nalishiga chiqarildi. Ular Shotlandiya poytaxti bilan Fayf okrugi orasida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi, deb xabar tarqatdi BBC News agentligi.

Ushbu avtobuslar haydovchisiz boshqariladi degani bilan, hozircha ularda ikki kishidan iborat ekipaj bo‘ladi. Ularning biri yo‘l va avtobusdagi qurilmalarga qarab boradi, ikkinchisi chipta sotadi va tekshiradi hamda  yo‘lovchilar chiqib tushishiga ko‘maklashadi.

Kompaniyadagilarning aytishicha, ularning bir qavatli avtobuslari haftasiga 10 ming kishini manziliga yetkaza oladi. Avtobuslar bort kompyuteriga yuklatilgan dastur bo‘yicha 21 kilometrlik masofaga soatiga 75 kilometr tezlik bilan qatnovni amalga oshiradi.

Mazkur yo‘nalish mamlakatda rasman ilk haydovchisiz boshqariladigan avtobus qatnovi hisoblanib, hukumat  tomonidan moliyalashtirib boriladi.