Bu haqda chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda BMT bosh kotibi rasmiy vakilining o‘rinbosari Farxan Haq ta’kidlab o‘tdi. U Agence France-Presse (AFP) muxbiri Arman Solden Ukrainaning Baxmut tumanida halok bo‘lganini tasdiqlagan.
“Albatta, biz jurnalistlarga nisbatan hujum uyushtirilganini, jumladan, AFP jurnalistining o‘ldirilishini keskin qoralaymiz. YUNESKO ham ushbu hujumni qoralab bayonot berganini ko‘rdingiz, biz YUNESKO bergan bayonotga qo‘shilamiz,– degan Farxan Haq.
Avvalroq YUNESKO bosh direktori Odre Azule jurnalistning o‘ldirilishini keskin qoralab, fojia sabablarini aniqlashga chaqirgan edi. Azule shuningdek, xalqaro gumanitar huquqga amal qilish, jumladan BMT Xavfsizlik kengashining urush kechayotgan hududlarda jurnalistlarni, OAV xodimlarini himoya qilish bo‘yicha qabul qilingan 2222 rezolyutsiyasiga amal qilish zarurligi ta’kidlab o‘tgandi.