6-7 may kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun barcha hududlarda, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

Unda jami 21,7 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi. 52 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi. Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 11-31 may kunlari bo‘lib o‘tadi.

Test sinovi natijalari imtihonlar yakunlangandan so‘ng bir haftada (7 iyun kuni) e’lon qilinadi.

O‘zA