Xitoy Tashqi ishlar vaziri Sin Gan bugun, dushanba kuni AQSH elchisi Nikolas Berns bilan o‘tgan uchrashuv chog‘ida Qo‘shma Shtatlar hukumati XXRga nisbatan siyosatini chuqur qayta ko‘rib chiqish zarurligiga ishora qildi. Bu haqda Xitoy TIV matbuot xizmati xabar berdi.
“Umid qilamanki, Amerika tomoni Pekinga nisbatan strategiyasini chuqur qayta ko‘rib chiqadi va Xitoy bilan hamkorlikka yana yaqinlashadi. Xitoy – AQSH munosabatlari og‘ir vaziyatdan kelib chiqib, normal holatga qaytishiga yordam beradi”, degan Sin Gan.
TIV rahbari o‘tgan yilning noyabr oyida Indoneziyada bo‘ib o‘tgan ikki davlat yetakchilari Si Szinpin va Jo Bayden muzokaralarida “muhim konsensus”ga erishganini eslatdi.
“Biroq, keyinroq Qo‘shma Shtatlar bir qator noto‘g‘ri bayonotlar bera boshladi va nomaqbul harakatlar qildi. Bu esa Xitoy – AQSH munosabatlarida yuzaga kelgan ijobiy tendensiyani yo‘qqa chiqardi. Bunga esa oson erishilmagan edi”, dedi u.
Vazirning qo‘shimcha qilishicha, hozirgi vaziyatda ikki davlat o‘rtasida kelishmovchilikni kuchaytiruvchi xatti-harakatlardan tiyilmoq kerak.
O‘zA