Suriyaning Arab Ligasidagi a’zoligi 12 yil avval muxolifatga nisbatan shafqatsizlarcha bosim o‘tkazilgani sababli to‘xtatilgan edi, biroq hozir tashkilot a’zolari muammoni diplomatiya yo‘li bilan hal qilishga tayyor.
Arab Ligasi a’zolari Tashkilotning Qohiradagi qarorgohida Suriyani Tashkilotga qaytishi uchun ovoz berildi, deb xabar berdi “Euronews”.
Damashqning a’zoligi 2011 yilda fuqarolar urushiga olib kelgan demokratiya tarafdorlari namoyishlarini zo‘ravonlik bilan bostirishi tufayli to‘xtatilgan edi. Endi Arab Ligasi diplomatiya yo‘lini tanladi.
“Biz Suriyadagi inqirozni hal qilishning yagona yo‘li hech qanday tashki aralashuvsiz mamlakatning siyosiy yechimi ekanligiga to‘liq aminmiz”, dedi Misr Tashqi ishlar vaziri Sameh Shukri.
Qatar boshchiligida Suriyaning Ligaga qaytishiga qarshi bo‘lganlar qarorni “mamlakatga barqarorlik keltirmaydi, bu adolat va inson huquqlariga zarba bo‘ldi”, deb baholadilar.
Arab Davlatlari Ligasi 1945 yilda Iskandariya protokoli asosida tuzilgan tashkilotdir. Unga 18 arab tilida so‘zlaydigan davlat va Falastin hamda Sharqiy Afrikaning uchta musulmon davlati – Komor orollari, Somali va Jibuti kiradi.
O‘zA