Turizm xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha Rossiyada birinchi o‘rinda turadigan Tutu.ru kompaniyasi tomonidan tadqiqot o‘tkazildi.
Unga ko‘ra, har o‘ninchi respondent milliy taomlarni tatib ko‘rish maqsadida joriy yilda gastro-tur uchun O‘zbekiston, Gruziya va Armanistonga borish istagini bildirgan. Bu haqda Madaniyat va turizm vazirligi axborot xizmati ma’lum qilmoqda.
Bu bejiz emas, albatta. Xalqimiz boy va betakror pazandalik an’analariga ega. Ayni paytda bu an’ana yurtimizning har bir hududida o‘ziga xosligi bilan ahamiyatli.
Keyingi yillarda mamlakatimizda sayyohlik borasidagi tashabbuslar o‘z samarasini ko‘rsatmoqda. Tashabbuslar xorijiy mehmonlarning yurtimizda pazandachilik sohasi san’at darajasiga ko‘tarilganini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishga imkon bermoqda.
O‘zA