Xitoy pandemiya davrini muvaffaqiyatli yengib chiqdi, Yevropa va butun dunyo bilan aloqalarni har tomonlama tiklashga tayyor. Bu haqda Xitoy kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi tashqi ishlar komissiyasi rahbari Van I Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Jozep Borrel bilan uchrashuv chog‘ida bayonot bergan.

Van I ta’kidlaganidek, tomonlar Xitoy va YeI rahbarlari o‘rtasidagi yangi uchrashuvlarga faol tayyorgarlik ko‘rishlari, pandemiyadan oldingi darajadagi hamkorlikni imkon qadar tezroq tiklash uchun yuqori muloqot mexanizmidan foydalanish taklifini ilgari surdi.

XXR TIV xabarida tomonlar Ukraina atrofidagi vaziyatni ham ko‘rib chiqishgan. Van I “Xitoy tomoni tinchlik muzokaralari o‘tkazishga ko‘maklashish tarafdori ekanini” ta’kidlagan.

O‘zA