Energetika vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, bu borada ko‘rilayotgan choralar natijasida hafta oxirlariga borib vodiy viloyatlaridagi gaz quvurlarida tabiiy gaz bosimining ko‘tarilib borishi kutilmoqda.

Shu bois, mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSH) gaz bosimining ko‘tarilishiga qarab, faoliyati bosqichma-bosqich tiklanishi rejalashtirilmoqda.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, gaz bosimi pasaygan kunlarda birinchi navbatda aholi va ijtimoiy soha ob’ektlarini elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan bir maromda ta’minlash zarurligi sababli AGTKSHlar faoliyatiga majburiy cheklovlar kiritilgan.

Quvurlarda gaz bosimini bir me’yorga keltirish va ushbu me’yorni saqlab turish uchun AGTKSHlari qisqa vaqt oralig‘ida reja-grafik asosida faoliyat yuritib boradi.

 

O‘zA