Fuqarolik ishlari buyicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumanlararo sudining 2021 yil 7 iyuldagi ijro hujjatiga asosan qarzdor D.D. dan undiruvchi O.Garayevaning foydasiga bir nafar farzandining ta’minoti uchun 1/4 miqdorda aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud.

Mazkur ijro hujjati Byuroning Taxiatosh tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushdi. Joriy yilning yanvar oyiga qadar aliment nafaqasi qarzdordan oyma-oy to‘liq undirib kelingan.  Shunga qaramasdan, alimentchi ota bo‘limga murojaat qilib, aliment nafaqasini oldindan to‘lab berish istagini bildirgan.

Shu sababli bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan amaliy yordam ko‘rsatilib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 oktyabrdagi “Alimentlarni oldindan to‘lash, shuningdek, aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash bo‘yicha garov shartnomasini tuzish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi qarori talabiga asosan, keyingi 5 yilgi aliment nafaqasi miqdori hisoblab berilgan.

Natijada alimentchi D.D. tomonidan farzandiga atalgan 85,4 million so‘m aliment pulini oldindan to‘lab berdi.

Dovud ABIBULLAEV,

O‘zA muxbiri