Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shumanay tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda yer maydoni savdosi bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi.

Jumladan, fuqaro D.K. soxta hujjatlar orqali o‘zining nomiga rasmiylashtirib olgan Nukus shahar “Qum ovul” mahalla fuqarolar yig‘inidagi zaxiradagi 6 sotix yer maydonini fuqaro M.A.ga sotishga kelishadi. Ushbu yer maydoni uchun 37 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakati o‘tkazilmoqda.

 

Dovud ABIBULLAEV,  

O‘zA muxbiri