“Xorijga ishga jo‘nataman, yaxshigina daromad ko‘rib qaytasiz” deb aldab, o‘zgalarning mol-mulkini o‘zini qilib olmoqchi bo‘lgan firibgarlar afsuski uchrab turibdi.
Farg‘ona tumani Chimyon shaharchasida yashovchi N.Sotqinov ham ana shundaylarning tuzog‘iga ilindi, – deya xabar qilmoqda Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati.
U anchadan buyon xorijga ishga borishni o‘ylab yurardi. 2016-yil iyun oyida Farg‘ona shahrida tanishi Farg‘ona tumani Mustaqillik ko‘chasida yashovchi, nafaqaxo‘r A.Turdimatovni uchratib qoldi. A. Turdimatov uni ishonchiga kirib, Yaponiya davlatiga ishga yuborishini va’da qilib, undan 1 500 dollar oladi. Kunlar o‘tsada, u turli bahonalar bilan ishga jo‘natishni paysalga soladi.