Rossiya byudjetining holati yigirmalik va BRIKSning ko‘plab mamlakatlariga qaraganda yaxshiroq, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.
“Inqirozga qarshi keng ko‘lamli chora-tadbirlarning tezkorlik bilan qabul qilinishi, erishilgan barqarorlik asosiy omilidir. Rossiya iqtisodiyotining tashqi tahdidlarga qarshi mustahkamligi ko‘p jihatdan o‘tgan yillardagi mas’uliyatli makroiqtisodiy siyosatimiz natijasidir, shuning uchun Rossiya byudjetining hozirgi holati G20 mamlakatlari va BRIKS mamlakatlaridagi do‘stlarimiz bilan taqqoslaganda ham sezilarli darajada yaxshi”, dedi Putin iqtisodiyot bo‘yicha yig‘ilishda.