Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatida polvonlarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Musobaqaning birinchi kungi bahslarida yunon-rum kurashi bo‘yicha o‘tgan bahslarda Elmurat Tasmuradov va Mo‘minjon Abdullayev o‘z vazn toifalarida oltin hamda kumush medalni qo‘lga kiritgan edi.
Bugun 97 kilogrammgacha vazn toifasidagi bahslarda mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Rustam Assakalov chempionatning final bellashuviga chiqib, eronlik Saidganbar Salohizodaga qarshi raqobatlashadigan bo‘ldi.
Musobaqada Islomjon Bahromov, Mirzobek Rahmatov, Aram Vardanyan va Nurbek Hoshimbekov kabi umidli polvonlarimiz esa bronza medal uchun kuch sinashadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA