Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Konstitutsiyaga o‘zgarish kiritish bo‘yicha bo‘lib o‘tgan referendum respublika tarixida burilish nutqasi bo‘lishini ta’kidladi.
Davlat rahbari bayonotiga ko‘ra, 2022 yil yanvarda sodir etilgan davlat to‘ntarilishiga urinish mamlakatni siyosiy modernizatsiyalash zarurligini ko‘rsatdi. Aynan shu masala referendumga olib chiqildi.
“Tegishli tuzatishlar “superprezidentlik” shaklidan nufuzli parlament va hukumatga hisob beradigan prezidentlik respublikasiga o‘tishni mustahkamlashga qaratilgan”, deydi, jumladan, Toqayev o‘z bayonotida.
Qayd etilganidek, Konstitutsiyaga tuzatish kiritilishi bilan Prezident vakolatidagi ortiqcha bandlar olib tashlanadi. Xususan, davlat rahbarining parlament yuqori palatasini shakllantirishdagi ishtiroki qisqaradi, mahalliy vakolatli va ijroiya idoralarga ta’siri pasayadi.
O‘zA