Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy G-20 sammitida ishtirok etish uchun taklif olganini ma’lum qildi, — deb yozadi “Armenpress”.
Chorshanba kuni Indoneziya prezidenti Joko Vidodo bilan telefon qo‘ng‘irog‘idan so‘ng u “Twitter”dagi sahifasida “G-20 sammitiga taklif qilganingiz uchun tashakkur” deb yozgan.
— Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlaganiz uchun minnatdorman, — deydi Zelenskiy.
Shuningdek, muloqot chog‘ida oziq-ovqat xavfsizligi masalasi ham muhokama qilingan.
Ta’kidlash joiz, G-20 sammiti 2022 yilning kuzida Indoneziyada bo‘lib o‘tadi.