Moliya vazirligi axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda hukumat nomidan turli to‘lovlar va bir martalik nafaqalar ajratilganligi haqidagi yolg‘on ma’lumotlar tarqalayotgani to‘g‘risida xabar berdi.
«Sizga shuni ma’lum qilamizki, Moliya vazirligining barcha rasmiy kanallari rasmiy tekshirilganlik belgiga ega bo‘lgan manbalar orqali yangiliklarni kuzatib, ishonchli ma’lumotlarni olishingiz mumkin», deyilgan xabarda.
Shuningdek, fuqarolar o‘zlari qiziqtirgan savollarga@MoliyaPresstelegram manzili hamda 71 2391570 raqami orqali aniqlik kiritishlari mumkin.
O‘zA