Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti (KXSHT) ga a’zo davlatlar vakillari tashkilot hududida harbiy xavfsizlikni ta’minlash masalasini muhokama qilish maqsadida uchrashgan.
Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Yig‘ilishda Qozog‘iston, Armaniston, Belarus, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston Qurolli kuchlari shtab boshliqlari, KXSHT Birlashgan shtab boshlig‘i, shuningdek, tashkilotga a’zo davlatlarning mudofaa idoralari vakillari ishtirok etgan.
Videokonferensiya formatida o‘tgan tadbirda tashkilot doirasida harbiy xavfsizlikni ta’minlash, shuningdek, inqirozga qarshi kurashish mexanizmini takomillashtirish va KXSHTga a’zo davlatlar Qurolli kuchlarining xalqaro parvozlarini tashkil etish kabi muhim yo‘nalishlar ko‘rib chiqilgan. Tomonlar 2022 yilda KXSHT Kollektiv xavfsizlik tizimi boshqaruv organlari, kuchlari va vositalarini birgalikda tayyorlash rejasini tasdiqlab olgan.