Saylovda yetakchi muxolifatdagi “Fuqarolik kuchlari” partiyasidan Koreya Respublikasi prezidentligiga nomzod Yun Suk Yol g‘alaba qozondi.
Bu haqda Koreya Respublikasi markaziy saylov komissiyasi ma’lum qildi.
Yun Suk Yol 48,56 foiz, uning raqibi, hukmron “Toburo” demokratik partiyasi vakili Li Chje Myon esa 47,83 foiz ovoz to‘plagan.
Prezidentlik poygasida Sim San Chjon 2,37 foiz ovoz bilan uchinchi o‘rinni egallagan.
Saylovda saylovchilarning 77,1 foizi ishtirok etdi va ro‘yxatga olingan 44,19 million saylovchidan 34 milliondan ortiq kishi ovoz berdi.
Chorshanba kuni Janubiy Koreyada saylov bo‘lib o‘tdi.
Rasmiylar koronavirusga chalingan saylovchi va karantindagilar uchun maxsus vaqt ajratdilar.
Muddatidan oldin ovoz berish 4 va 5 mart kunlari bo‘lib, unda saylovchilarning 36,9 foizi ishtirok etgan.