FOTOREPORTAJ
Kecha poytaxtimizdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida kurash bo‘yicha bolalar, o‘smirlar va kattalar o‘rtasida Chilonzor tumani prokurori sovrini uchun turnir start oldi.
Chilonzor tumani prokuraturasi, Toshkent shahar kurash federatsiyasi hamda Chilonzor tuman hokimligi hamkorligida tashkil etilgan ushbu musobaqada 2010-2011 yillarda tug‘ilgan bolalar 30 kg, 36 kg, 44 kg, 2007-2008 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar 55 kg, 65 kg, kattalar 73 kg, 90 kg, +90 kg hamda ayollar 63 kg vazn toifalarida g‘oliblik uchun gilamga chiqadi.
Musobaqaning tantanali ochilish marosimi bugun soat 14:00 da bo‘lib o‘tadi.
Muhammad AMIN(surat), O‘zA