Ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining mas’ul rahbar kadrlaridan iborat ishchi guruhi Vetnam Sotsialistik Respublikasida ijodiy safarda.
Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan yo‘l xaritasiga asosan “Vetnamda O‘zbekiston madaniyati kunlarini” o‘tkazishda tashkiliy masalalar yuzasidan muhokama va kelishuvlar amalga oshirilmoqda.
Vazirlik matbuot xizmatidan olingan ma’lumotga ko‘ra, madaniyat kunlari tadbirlari shu yilning aprel oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
O‘zA