Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanida mini futbol bo‘yicha “O‘zbekiston Respublikasi Notarial palatasi kubogi” turnirining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Davlatimiz rahbarining 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash doirasida tashkil etilgan turnirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Buxoro viloyatlari Notarial palatalari hududiy boshqarmalari jamoalari ishtirok etdi.
Qizg‘in va munozarasiz bahslarga boy bo‘lgan bellashuvlar yakunida Xorazm viloyati jamoasi raqiblari ustidan g‘alaba qozonib, hududiy bosqichning g‘olibi bo‘ldi.
Ushbu jamoa joriy yilning 26 fevral kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan “O‘zbekiston Respublikasi Notarial palatasi kubogi” turnirining final bahsida ishtirok etadi.
Dovud Abibullayev, O‘zA