Shimoliy Atlantika alyansining dastlabki rejasiga ko‘ra, NATO bo‘linmalarining Polshada o‘tkazilishi lozim bo‘lgan, shartli tarzda “Steadfast Cobalt-2022″, deb nomlangan harbiy o‘quv mashg‘uloti Chexiyada, shuningdek, “Trojan Footprint” mashg‘uloti esa Slovakiya va Vengriyada o‘tkaziladi.

Bu haqda ma’lum qilgan “TA3” kanali xabariga qaraganda, Chexiyadagi mashg‘ulot joriy yil fevral-mart oylariga belgilandi. Vengriyadagi mashg‘ulotlar geografiyasi tadbirga Slovakiya qo‘shilishi natijasida kengaygan.

Avvalroq Slovakiya hukumati bu yil o‘z harbiylarining xorijdagi mashg‘ulotlarda qatnashuvini, shuningdek, NATO mashg‘ulotlari davomida xorij harbiylarining mamlakat hududiga kirishini ham ma’qullagandi.