Fotoreportaj

Nukusda mini futbol bo‘yicha shahar hokimligi kubogi uchun musobaqa bo‘lib o‘tdi. Unda madaniyat tizimi tasarrufidagi idora va tashkilotlardan jami 13  jamoa qatnashdi.

Soha xodimlarini jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida tashkil etilgan musobaqa qizg‘in va murosasiz bahslarga boy bo‘ldi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik va musiqa teatri jamoasi musobaqa g‘olibi bo‘ldi. Qoraqalpoq davlat qo‘g‘irchoq teatri jamoasi 2-o‘rin hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi jamoasi 3-o‘ringa sazovor bo‘ldi.

Maqsad HABIBULLAEV, O‘zA