Xitoy poytaxti Pekinda o‘tkaziladigan XXIV qishki olimpiya o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi o‘tkazilishiga sanoqli kunlar qoldi.
Millionlab sport muxlislari orziqib kutayotgan tadbirning tantanali ochilish marosimi qay tarzda o‘tishi ko‘pchilik uchun qiziq.
Tashkiliy qo‘mita marosimning qay tartibda kechishini ochiqlamayotgan bo‘lsa-da, Olimpiya o‘yinlarining ochilish va yopilish marosimi direktori, kinorejissyor Chjang Imou ochiq muloqotlarda ayrim detallarni “gullab qo‘ygan”, deya xabar tarqatmoqda Xitoy axborot voistalari.
– Hozircha olimpiya o‘yinlari tantanalari bilan bog‘liq barcha sirlarni oshkor qila olmayman. Biroq, shuni aytishim mumkinki, mash’ala yoqish marosimi chinakam inqilob bo‘ladi. Biz tarixdagi ekologik eng toza olimpiadani o‘tkazishga harakat qilmoqdamiz. Ishonchim komil, bunday marosimni dunyo ahli hali ko‘rmagan, – deya iqtibos keltirgan mulozim.
Ma’lumot uchun, XXIV qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimi 4 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da boshlanishi va 1 soat, 40 daqiqa davom etishi belgilangan.
O‘zA