Bugun, 9 dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida voleybol bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogi bahslariga start berildi.
O‘zbekiston voleybol federatsiyasi matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, erkaklar o‘rtasidagi bahslarda 6 ta jamoa, ayollar o‘rtasidagi musobaqalarda esa 10 ta jamoa A va B guruhlarga bo‘lingan holda bahslashmoqda.
O‘zbekiston kubogi o‘yinlarini boshqarib borish uchun 18 nafar hakam jalb etilgan bo‘lib, saralash musobaqalari 13 dekabrga qadar bo‘lib o‘tadi.
Yarim final va final bahslari esa 14-15 dekabr kunlari tashkil etiladi.
To‘lqin Ro‘ziyev, O‘zA