Fransiya poytaxti Parijda dzyudo bo‘yicha harbiylar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionati o‘zbekistonlik sportchilar uchun muvaffaqiyatli kechdi.

Xabar berganimizdek, vakillarimiz yakkalik bellashuvlarda 4 ta oltin va 1 ta bronza medallari bilan umumjamoada 2-o‘rinni qo‘lga kiritishgan edi.

O‘zbekiston dzyudochilari chempionatning jamoaviy bellashuvlarida ham ishonchli harakat qilishdi.

Chorak finalda Braziliya terma jamoasini mag‘lub etgan dzyudochilarimiz yarim finalda Avstriya sportchilariga kichik hisobda imkoniyatni boy berishdi. Bronza medali uchun o‘tgan kurashda Eron jamoasi dog‘da qoldirildi va 40-jahon chempionatining jamoalar o‘rtasidagi bahsida bronza medaliga musharraf bo‘lishdi.

 

T. Ro‘ziyev, O‘zA