O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Rossiya Qurilish vazirligi kelishuviga asosan qurilish sohasida O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya Federatsiyasiga jalb qilish bo‘yicha pilot loyiha doirasida 10 ming yurtdoshimizni yaqin vaqt davomida soddalashtirilgan tartibda ishga yuborish belgilangan.

Bugun, 2 noyabr kuni Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali tomonidan Nukus shahridagi «Ishga marhamat» monomarkazida xorijda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar uchun Rossiya Federatsiyasining «StroyKraft» va «Reneyssans Xevi Indastris» kompaniyalaridagi ventilyatsiya tizimini o‘rnatish, chilangar, elektr payvandchi, elektrik, bezakchi, yordamchi ishchi va santexnik kabi yo‘nalishlarda bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha tanlov o‘tkazilmoqda.

Qurilish sohasida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Rossiya Federatsiyasiga jalb qilish bo‘yicha pilot loyihasi doirasida tashkil etilgan tanlovda xorijga chiqish pasportigi ega nomzodlar kasbiy malaka va til bilish darajasiga ko‘ra suhbat asosida ish beruvchi vakillari tomonidan tanlab olinmoqda.

Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tib, tibbiy ko‘rik natijalari ijobiy chiqqan fuqarolar ushbu davlatga ishlash uchun jo‘natiladi.

Shuningdek, Rossiyaning boshqa korxonalari uchun ham tanlovlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.