O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi xodimlari o‘rtasida sportning shaxmat, shashka va stol tennisi turlari bo‘yicha musobaqa bӯlib ӯtdi.
Boshqarma kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan musobaqani ӯtkazishdan maqsad, sog‘lom turmush tarzini hayotga keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirishdan iborat.
Musobaqa yakunida shaxmat bӯyicha birinchi ӯrinni departamentning Kegayli tuman bo‘limi inspektori Nao‘rizbay Reymnazarov, ikkinchi ӯrinni Qo‘ng‘irot tuman bo‘limi boshlig‘i Pazilbek Baymurzayev, uchinchi ӯrinni Taxiatosh tuman bo‘limi ish yurituvchisi Qudrat Tursimuratov, shashka bӯyicha birinchi ӯrinni maxsus bo‘lim katta inspektori Komekbay Utambetov, ikkinchi ӯrinni Xo‘jayli tuman bo‘limi boshlig‘i Salao‘at Saparbayev, uchinchi ӯrinni Qo‘ng‘irot tuman bo‘limi boshlig‘i Pazilbek Baymurzayev egalladi. Stol tennisi bӯyicha birinchi ӯrin Qorao‘zak tuman bo‘limi boshlig‘i Palvaniyaz Yerimbetovga, ikkinchi ӯrin To‘rtko‘l tuman bo‘limi surishtiruvchisi Salao‘at Zaretovga, uchinchi ӯrin boshqarma ish yurituvchisi Oralbay Uzaqboyevga nasb etdi.
G‘olib va sovrinli ӯrin egalariga tashkilotchilar tomonidan medal, diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Dovud Abibullayev, O‘zA