Ikki kun davomida Nukus shahridagi “Manej” sport saroyida o‘tkazilgan aralash yakkakurash, ya’ni MMA bo‘yicha birinchi Markaziy Osiyo chempionati yakuniga yetdi.
Musobaqada jami 10 ta vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar nomi ma’lum bo‘ldi. Umumjamoa hisobida g‘oliblik uchun asosiy kurash Qozog‘iston va O‘zbekiston yakkakurash ustalari o‘rtasida kechdi.
Finalga Qozog‘istondan 8, O‘zbekistondan 7 nafar jangchi yetib kelgan edi. Yakunda hamyurtlarimizning barchasi final janglarini o‘z foydasiga hal qildi. Qozog‘istonlik sportchilar 3 ta vaznda chempion bo‘ldi.
Jumladan, 53.2 kg vazn toifasida Yersultan Shakenbay (Qozog‘iston), 56.7 kg vazn toifasida Jamshid Tillayev (O‘zbekiston), 61.2 kg vazn toifasida Yerkebulan Begasiluli (Qozog‘iston), 65.8 kg vazn toifasida Shukurjon Rustamov (O‘zbekiston), 70.3 kg vazn toifasida Ne’mat Asadov (Qozog‘iston), 77.1 kg vazn toifasida Munis Mo‘minjonov (O‘zbekiston), 83.9 kg vazn toifasida Zokir Mamarasulov (O‘zbekiston), 93 kg vazn toifasida Husanboy Rahimov (O‘zbekiston), 120.2 kg vazn toifasida Hasanboy Rahimov (O‘zbekiston), +120.2 kg vazn toifasida Ixtiyor Xolmurodov (O‘zbekiston) birinchi ӯrinlarni egallab, birinchi Markaziy Osiyo chempioniga aylandi.
Taqdirlash marosimida Xalqaro aralash jang san’ati federatsiyasi (IMMAF) prezidenti K.Braun, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi M.Kamalov ishtirok etdi.
Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA