“Tokio–2020” Olimpiya o‘yinlarida terma jamoamiz navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. -90 kg vazn toifasida kurashayotgan dzyudochimiz Davlat Bobonov navbatdagi bosqichga chiqdi.

Musobaqani beshinchi saralangan dzyudochisi sifatida boshlagan navoiylik vakilimiz ilk davrani italiyalik Nikolas Mungayga qarshi o‘tkazib, vazari bahosi bilan g‘alabaga erishdi.

Endi u chorak finalga chiqish uchun Dominikan va Ukraina vakillari o‘rtasidagi bahs g‘olibiga qarshi kurashadi.

 

O‘zA