Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida shaxmat bo‘yicha musobaqa bӯlib ӯtdi.

Qiziqarli o‘tgan musobaqa yakuniga ko‘ra, faxrli birinchi o‘rinni vazirlikning Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasidan mayor A.Bekmanov qӯlga kiritdi. Ikkinchi o‘rinni patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasidan safdor S.Urazimbetov, uchinchi o‘rinni Mo‘ynoq tumani Ichki ishlar bӯlimidan A.Qilichboyev egalladi.

Musobaqa g‘oliblarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, polkovnik I.Ahmedov, Ichki ishlar vazirining maslahatchisi, iste’fodagi polkovnik O.Turdakov qutlab, diplom va esdalik sovg‘alarini topshirdi.

 

Dovud Abibullayev, O‘zA